» » Toshkentda uylar yaqinida kiyim-kechak va xo‘jalik mollari sayyor bozorini tashkil etishga ruxsat berildi

Toshkentda uylar yaqinida kiyim-kechak va xo‘jalik mollari sayyor bozorini tashkil etishga ruxsat berildi


Toshkentda tadbirkorlarga kiyim-kechak va xo‘jalik mollari sayyor bozorini tashkil etishga ruxsat berildi. Bu haqda poytaxt hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, karantin sabab barcha buyum bozorlari faoliyati to‘xtaganligi bois aholining kiyim-kechak, maishiy texnika va shu singari qator boshqa tovarlarga bo‘lgan ehtiyoji internet do‘konlari orqali qisman qanoatlantirilayotgan edi. Kunlar isib borishi sababli yangi mavsum uchun liboslar, ust-boshga ehtiyoj paydo bo‘ladi, shuningdek, xo‘jalik mollari ham kerak bo‘ladi.

Karantin davrida barcha buyum bozorlari ishlamayotganligi sababli, aholining mazkur yo‘nalishdagi talab va ehtiyojidan kelib chiqib, tadbirkorlarga maxsus tijorat avtomashinalaridan foydalanish sharti bilan mavsumiy tovarlarning sayyor bozorini tashkil etishga ruxsat berildi.

“Gazeta.uz”ning yozishicha, mahallalarda tashkil etilgan har bir savdo va oziq-ovqat yarmarkasidan tashqari, uylar yaqinida antiseptiklar, shaxsiy gigiyena vositalari (sovun, kir yuvish sovuni, tish pastasi, hojatxona qog‘ozi va boshqalar), yuvish vositalari (kukunlar, gellar va boshqalar), kiyim-kechak (yozgi kiyimlar, poyabzal va boshqalar) savdosi tashkil etiladi.

16-aprel, payshanba kuni Uchtepa tumanidagi “Abdulla Qodiriy”, “Yusuf Sakkokiy” va “Ko‘ksaroy” mahallalarida, shuningdek, Shayxontohur tumanidagi “Shayxontohur” mahallasida shu kabi tovarlar savdosi tashkil etildi.

Shunday sayyor savdo nuqtalarini tashkil etishni istagan tadbirkorlardan ushbu faoliyat uchun sanitariya-gigiyena talablarini ta’minlagan holda maxsus tijorat mashinalarini tashkil etishlari va savdo jarayonida ham bu turdagi faoliyat uchun maxsus ishchi guruhlar tomonidan ishlab chiqilgan tavsiyalarga amal qilishlari talab etiladi.

Qayd etilishicha, mazkur tijorat mashinalaridagi savdo qachon, qaysi manzillarda ishlashi bo‘yicha tuman hokimliklari aholini muntazam xabardor etib boradi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda 24-martdan boshlab Toshkent shahri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda joylashgan dehqon bozorlaridan tashqari barcha bozorlarning faoliyati to‘xtatildi.

Karantin davrida aholiga qulaylik yaratish maqsadida viloyatning barcha shahar, tumanlarida ko‘chma bozorlar tashkil etildi. 6-apreldan boshlab tana harorati 37 daraja va undan yuqori bo‘lganlarning bozor va supermarketlarga kirishi taqiqlandi.

Mavzuga doir: O‘zbekistonda karantin davrida dehqon bozorlaridagi narx-navo e’lon qilindi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-04-2020, 16:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 86) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют