» » Buxoroda Xitoydan kiyim-kechak keltirishni va’da qilib 405 mln so‘mni o‘zlashtirgan shaxsga jinoiy ish ochildi

Buxoroda Xitoydan kiyim-kechak keltirishni va’da qilib 405 mln so‘mni o‘zlashtirgan shaxsga jinoiy ish ochildi


Buxoro viloyatining G‘ijduvon tumanida Xitoydan kiyim-kechak keltirishni va’da qilib fuqarolarning pullarini firibgarlik yo‘li bilan o‘zlashtirgan shaxsga jinoiy ish ochildi. Bu haqda Buxoro viloyati IIB matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, 35 yoshli R.Sh. savdo-sotiq bilan shug‘ullanuvchi tanishlari 55 yoshli H.A.dan 85 million so‘m va 31 yoshli D.O.dan (320 million 383 ming so‘mga teng) 37 ming dollar olgan.

Bu pullar evaziga ularga Xitoy davlatidan kiyim-kechak olib kelishni va’da qilgan, ammo pullarni o‘z ehtiyoji uchun sarflab yuborgan.

Hozirda R.Sh.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (Firibgarlik) 3 va 4-qismlari bilan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bo‘yicha tergov harakatlari olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-11-2019, 13:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 80) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют