» » Rustam Emomali yangi lavozimga saylanib, Tojikiston prezidentidan keyin ikkinchi shaxsga aylandi

Rustam Emomali yangi lavozimga saylanib, Tojikiston prezidentidan keyin ikkinchi shaxsga aylandi


Dushanbe meri Rustam Emomali 17-aprel kuni Majlisi milli (Tojikiston parlamenti yuqori palatasi) spikeri etib saylandi. Tojikiston prezidenti matbuot xizmati xabariga ko‘ra, u 2000-yildan buyon spikerlik qilib kelayotgan Mahmadsaid Ubaydulloyevning o‘rnini egallagan.

Uning nomzodini Majlisi milli a’zosi Dilbar Rahim Odilzoda ilgari surgan, senatorlar yashirin ovoz berish yo‘li bilan buni bir ovozdan ma’qullagan.

Shunday qilib, Dushanbe meri mamlakatda prezidentdan so‘ng ikkinchi shaxsga aylandi. Davlat rahbari iste’foga chiqqanda, vafot etganda yoki o‘z vazifasini bajarishga layoqatsiz bo‘lib qolganda boshqaruv uning qo‘liga o‘tadi.

Ma’lumot uchun, Rustam Emomali Tojikiston prezidenti Emomali Rahmonning to‘ng‘ich o‘g‘li, 2017-yilning 12-yanvaridan boshlab prezident buyrug‘iga asosan Dushanbe meri etib tayinlangan. 2020-yil, 27-mart kuni mamlakat parlamentining yuqori palatasi a’zoligiga saylangan. Unga qadar Tojikiston bojxona xizmati rahbari, Korrupsiyaga qarshi kurash agentligi boshlig‘i lavozimlarida ishlagan.

Ayni paytda Rustam Emomali 32 yoshda. 2016-yilda mamlakat Konstitutsiyasiga o‘zgartirish kiritilgan bo‘lib, prezidentlikka nomzodning yoshi 35 yoshdan 30 yoshgacha qisqartirilgan. Bu unga 2020-yilning noyabr oyida bo‘lib o‘tadigan prezident saylovlarida ishtirok etish imkonini beradi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-04-2020, 20:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 52) ( 0) ( 51) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют