» » Tojikiston prezidentining o‘g‘li kollej va OTMlarda darslarni soat 9:00 dan boshlashni taklif qildi. Maqsad — Dushanbeni tirbandliklardan qutqarish

Tojikiston prezidentining o‘g‘li kollej va OTMlarda darslarni soat 9:00 dan boshlashni taklif qildi. Maqsad — Dushanbeni tirbandliklardan qutqarish


Tojikiston prezidenti Emomali Rahmonning o‘g‘li — poytaxt Dushanbe meri Rustam Emomali shaharning oliy va kasbiy ta’lim muassasalarida darslarni soat 9:00 dan boshlash taklifi bilan mamlakat hukumatiga murojaat qilmoqchi.

“Aziya-plyus”ning yozishicha, hozirgi vaqtda ta’lim muassasalarida darslar soat 8:00 dan boshlanadi. Shu sababli ham bir vaqtning o‘zida ishga va o‘qishga borayotganlar ko‘chada to‘qnash kelmoqda, oqibatda ko‘chalarda tirbandliklar yuzaga kelmoqda.

Dushanbe meriyasidan ma’lum qilishlaricha, tonggi “tig‘iz vaqt”da shahar ko‘chalariga bir vaqtning o‘zida 108 ming kishi chiqadi.

“Shaharda jamoat transporti sonini oshirsak ham, bu bilan tirbandliklar yo‘qolib qolmaydi. Aksincha, hozir manzilga yetib olish uchun 25—30 daqiqa sarflayotgan shaharliklar yanada ko‘proq vaqt yo‘qotishadi. Shu sababli ham biz OTMlardagi darslarni 9:00 dan boshlashni, yoki ikkinchi smenasi yo‘q OTMlarga ikkinchi smenani tashkil etishni taklif qilmoqchimiz”, — dedi shahar ma’muriyati vakili.

Ma’lumot uchun, avgust oyi oxirida Tojikiston ta’lim vazirligi darslarning boshlanish vaqtini 7:30 dan 8:00 ga ko‘chirgan edi. 7:30 lik vaqt esa Dushanbening avvalgi meri — Mahmadsaid Ubaydullayev tomonidan o‘rnatilgan edi. U ertalabki vaqtda jamoat transportidan foydalanuvchilar sonini tartibga solish maqsadida mazkur tartibni joriy etgan edi.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (9-09-2017, 19:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 71) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют