» » Moskvada koronavirus bilan kasallanish yaqin 2-3 haftada eng yuqori darajaga chiqishi kutilmoqda

Moskvada koronavirus bilan kasallanish yaqin 2-3 haftada eng yuqori darajaga chiqishi kutilmoqda


Rossiya poytaxti Moskva shahrida koronavirus bilan kasallanishning eng yuqori darajasi may oyining boshida yuz berishi kutilmoqda. Bu haqda shahar merining o‘rinbosari Anastasiya Rakova ma’lum qildi, deb yozmoqda koronavirusga qarshi kurash bo‘yicha tezkor shtab.

Rakovaning so‘zlariga ko‘ra, yaqin 2-3 haftada kasallik eng yuqori darajaga chiqadi va bu shahar uchun juda qiyin bo‘ladi.

Moskvada 16-aprel holatiga ko‘ra, ushbu infeksiyani yuqtirib olgan 16 146 nafar bemor qayd etilgan. Mazkur ko‘rsatkich bo‘yicha Moskva Rossiyada birinchi o‘rinni egallab turibdi. Shaharda jami 1517 kishi kasallikdan tuzalgan.

Ma’lum qilinishicha, 16-aprel kuni Moskvada 1370 ta yangi holat qayd etilgan va bu so‘nggi bir necha kun ichida qayd etilgan eng past ko‘rsatkich hisoblanadi.

Moskva va shahar atrofidagi hududlarda 15-apreldan boshlab jamoat va shaxsiy transportdan, shuningdek, taksidan foydalanish uchun QR kodli ruxsatnoma tizimi joriy qilingan. Shahar aholisi uydan faqat ishga, yaqin atrofdagi oziq-ovqat do‘koniga yoki dorixonaga borish uchun chiqishi mumkin. Shuningdek, axlat tashlash va itni sayr qildirish uchun chiqishga ruxsat etilgan.

Avvalroq Moskvada o‘tkir respirator virusli infeksiya bilan xastalangan barcha bemorlar karantinga olinayotgani haqida xabar berilgan edi.

Rossiyada koronavirus yuqtirish bilan bog‘liq kunlik yangi holatlar soni oshib bormoqda. Xususan, 11-aprel 1667 ta, 12-aprel 2186 ta, 13-aprel 2558 ta, 14-aprel 2774 ta, 15-aprel kuni esa 3388 ta, 16-aprel kuni esa 3448 ta yangi holat haqida xabar berilgan.

Mavzuga doir: Rossiyada belgilarsiz o‘tayotgan koronavirusga chalinish holatlarining ulushi 30 foizga yetdi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-04-2020, 23:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 85) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют