» » O‘zbekiston Markaziy banki: “Chet el valyutasini sotib olish yoki sotish bo‘yicha hech qanday cheklov yoki to‘siqlar o‘rnatilmagan”

O‘zbekiston Markaziy banki: “Chet el valyutasini sotib olish yoki sotish bo‘yicha hech qanday cheklov yoki to‘siqlar o‘rnatilmagan”


O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Telegram’dagi rasmiy kanali orqali aholidan kelib tushgan savollarga javob berdi. Jumladan, dollar sotib olishda cheklovlar paydo bo‘lgani haqidagi dolzarb savol yuzasidan rasmiy izoh berdi.

“Dollar sotib olishda cheklov bormi? Aytishlaricha, odamlar bankka kelib dollar uchun navbatda turishmoqda. Aftidan, qo‘lida jamg‘armasi borlar so‘mning qadrsizlanishi, dollar kursi oshib ketishidan xavotirda. Ular orasida valyuta oldi-sotdisida cheklovlar bo‘lishidan hadiksirayotganlar ham bor”, – deya berilgan savolga Markaziy bank quyidagicha javob qaytardi:

“Bugungi kunda jismoniy shaxslar tomonidan tijorat banklaridan chet el valyutasini sotib olish yoki sotish bo‘yicha hech qanday cheklovlar yoki to‘siqlar o‘rnatilmagan. Shuningdek, kelgusida ham jismoniy shaxslarga tijorat banklari tomonidan chet el valyutasini sotish va sotib olish bo‘yicha hech qanday cheklovlar o‘rnatilmaydi.

Milliy valyuta kursi valyuta bozorida shakllanadigan talab va taklifning joriy darajasi asosida o‘zgaradi. Kursning qadri oshishi yoki pasayishi iqtisodiyotda va tashqi sharoitlarda ro‘y beradigan fundamental omillar bilan bog‘liq bo‘ladi.

Bugungi kunda milliy valyutadagi muddatli depozitlar bo‘yicha banklar tomonidan taklif etilayotgan foiz stavkalari o‘rtacha 20-21 foiz atrofida shakllangan. AQSh dollari kursining yil boshidan 5-6 foizga oshganligini inobatga olib hisoblaganda ham milliy valyutadagi depozitlarning iqtisodiy jihatdan afzalligini ko‘rish mumkin.

Shu nuqtayi nazardan inflyatsiyaning kelgusida pasayib borishi sharoitida milliy valyutadagi depozitlar jozibadorligi va ular bo‘yicha ijobiy real foiz stavkalari saqlanib qoladi”, – deya mazkur savolga javob qaytarga Markaziy bank axborot xizmati.

Eslatib o‘tamiz, 14-aprelda O‘zbekiston banklarida dollar 9850 so‘mgacha ko‘tarilgan, kun yakunida esa 1 AQSh dollarining qiymati 10 ming so‘mdan oshgandi, 15-aprelda O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi 10,1 ming so‘mdan oshdi.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-04-2020, 08:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 113) ( 0) ( 111) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют