» » Nyu-Yorkda Donald Trampga qarshi “Soliq marshi” namoyish aksiyasida 5 mingga yaqin kishi ishtirok etdi

Nyu-Yorkda Donald Trampga qarshi “Soliq marshi” namoyish aksiyasida 5 mingga yaqin kishi ishtirok etdi


AQShning Nyu-York shahrida 5 mingga yaqin kishi mamlakat prezidenti Donald Trampga qarshi namoyish aksiyasida ishtirok etdi, deb xabar bermoqda Reuters.

Odamlar “Soliq marshi” nomini olgan aksiyada ishtirok etish uchun Markaziy Manxetten hududiga yig‘ildi. Namoyish aksiyasini o‘tkazishdan asosiy maqsad AQSh prezidentining soliq deklaratsiyasini e’lon qilishdan bosh tortganiga e’tibor qaratish bo‘ldi.

Aksiya Tax Day – AQShda soliqlar to‘lovi kuni oldidan o‘tkazildi. Tashkilotchilarga ko‘ra, Nyu-Yorkdagi namoyishlar AQSh va uning hududidan tashqaridagi 150 ta aksiyadan biri. Shunga o‘xshash namoyishlarni Yevropa, Yaponiya va Yangi Zelandiyada o‘tkazish rejalashtirilmoqda.

Shu yilning mart oyi o‘rtalarida AQShda Donald Trampning 2005-yilgi soliqlari haqida ma’lumot e’lon qilingandi.

2016-yilgi prezident saylovi kampaniyasida ishtirok etgan Tramp soliq deklaratsiyasini so‘nggi 40 yil davomida e’lon qilmagan birinchi yirik partiya nomzodi sifatida qayd etildi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (16-04-2017, 17:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 110) ( 0) ( 108) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют