» » “Yuventus”ning so‘nggi 25 yillikdagi eng yaxshi futbolchisi aniqlandi

“Yuventus”ning so‘nggi 25 yillikdagi eng yaxshi futbolchisi aniqlandi


Italiyaning Tuttosport nashri “Yuventus”ning so‘nggi 25 yildagi eng yaxshi futbolchisini aniqlash maqsadida o‘z mushtariylari orasida so‘rovnoma o‘tkazdi.

So‘nggi 25 yillikda turinliklar safida to‘p surgan 16 nafar yulduz futbolchi sakkizta juftlikka ajratildi. So‘rovnomada kutilganidek Alessandro del Pyero g‘alabaga erishdi. Yarim himoyachi finalda 93 foiz ovoz to‘plab, chexiyalik sobiq jamoadoshi Pavel Nedvedni ortda qoldirgan.

Yarim finalga qadar 2011—2015-yillar davomida “Yuventus”da to‘p surgan “Inter” va “Milan” sobiq yarim himoyachisi Andrea Pirlo ham yetib keldi. Pirlo ? finalda Krishtianu Ronaldudan ustun keldi. Shuningdek, yarim finalga qadar himoyachi Jorjio Kyellini ham yetib kelgan.

So‘rovnomaning ilk turidayoq Zinedin Zidan, Edgar Davids, Zlatan Ibragimovich, Pol Pogba va Karlos Teves kabi yulduzlar chiqib ketdi.

Del Pyero “Yuventus”da 1993—2011-yillarda faoliyat yuritgan. U jamoa safida 706 o‘yin o‘tkazib, 290 ta gol va 81 samarali uzatma muallifiga aylangan.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-04-2020, 13:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 87) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют