» » Koronavirusga chalingan xorijdagi o‘zbekistonliklar soni 73 nafarga yetdi

Koronavirusga chalingan xorijdagi o‘zbekistonliklar soni 73 nafarga yetdi


Ayni vaqtda xorijiy mamlakatlarda bo‘lib turgan 73 nafar O‘zbekiston fuqarosida koronavirus infeksiyasi aniqlangan. Bu haqda 18-aprel kuni AOKAda o‘tkazilgan brifingda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Avazbek Hojimatov ma’lum qildi.

18-aprel holatiga TIV operativ shtabida mavjud ma’lumotlarga ko‘ra, Avstriya, Armaniston, AQSh, BAA, Gretsiya, Isroil, Koreya, Pokiston, Rossiya, Tailand, Turkiya, Yaponiya va Qozog‘istonda bo‘lib turgan 73 nafar O‘zbekiston fuqarosida koronavirus infeksiyasi aniqlangan.

“Keltirilgan davlatlardagi diplomatik vakolatxonalarimiz bemor vatandoshlarimiz va ularning yaqinlari bilan muntazam aloqada bo‘lib turibdi. Shu bilan birga zaruriy konsullik huquqiy yordam ham ko‘rsatishyapti”, — dedi Avazbek Hojimatov.

TIV matbuot kotibi o‘z chiqishida xorijdagi vatandoshlarni koronavirus qarshi kurash bo‘yicha mahalliy ma’muriyat talablariga to‘liq rioya etish, jamoaviy tadbirlarda qatnashmaslik, gavjum joylarga tashrif buyurmaslik va barcha ehtiyot choralarini ko‘rishga chaqirdi.

Avvalroq koronavirusga chalingani tasdiqlangan xorijdagi o‘zbekistonliklar soni 23 nafarni tashkil etayotgani ma’lum qilingan edi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, ularning to‘rt nafari vafot etgan. Vafot etganlarning uch nafari AQShda, yana biri Rossiyada edi.

Mavzuga doir: O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 1450 kishiga yetdi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-04-2020, 13:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 81) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют