» » Ichki ishlar vazirligi karantin davrida mahkumlarning ozodlikka chiqish muddati masalasiga izoh berdi

Ichki ishlar vazirligi karantin davrida mahkumlarning ozodlikka chiqish muddati masalasiga izoh berdi


“Daryo” muxbirining xabar berishicha, AOKA huzurida tashkil etilgan shtabdagi Ichki ishlar vaziri matbuot kotibi Shohrux G‘iyosov karantin sababli mahkumlarning ozodlikka chiqarish muddati kechiktirilmasligini bildirdi.

Jumladan, fuqarolar tomonidan mahbuslarning jazoni o‘tash muddati tugagan bo‘lsa, karantin sababli ozodlikka chiqarish kechiktirilishi, jazo vaqtida mahbus ichki tartib intizomni buzsa yoki qandaydir nizo keltirib chiqarsa, muddati uzaytirilishi xususidagi savolga javob berib o‘tildi.

Mavzuga doir: Turkiyada koronavirus tufayli 90 mingga yaqin mahbus vaqtinchalik ozod etiladi

“Ular mahbus emas, mahkum deyiladi. Ozodlikka chiqarish kechiktirilmaydi. Sudning qarori asosida, jazo muddatini o‘tab bo‘lgan mahkumni ozod etishdan oldin, tibbiyot xodimining tegishli tibbiy ko‘rigidan o‘tkazilib, zaruriy tibbiy sanitar anjomlari bilan ta’minlangach, unga ozod etilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma taqdim etiladi”, — deydi Ichki ishlar vaziri matbuot kotibi.

Shundan so‘ng, mahkumlar doimiy yashash manziliga yetib borishi uchun zaruriy pul mablag‘i bilan ta’minlanishi, karantin davrida, vaziyatdan kelib chiqib, ozod etilgan shaxs yashash hududiga kuzatib qo‘yilishi mumkinligi bildirildi. Ushbu shaxsning yashash joyi bo‘yicha xizmat ko‘rsatuvchi probatsiya xizmati xodimlariga bu haqda xabar berilishi ta’kidlandi.

Mavzuga doir: Braziliyadagi qamoqxonadan 400 ga yaqin mahbus qochib ketdi

Eslatib o‘tamiz, Respublika maxsus komissiyasi tomonidan 20-aprelga qadar joriy etilgan cheklovchi tadbirlar (karantin) hamda koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kuchaytirilgan tartib 10-mayga qadar uzaytirilgan.

O‘zbekistonda 24-martdan boshlab koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kuchaytirilgan tartib joriy etilgan edi. Keyinchalik bu tartib bir necha bor yanada kuchaytirildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-04-2020, 19:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 89) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют