» » Skuteri jarima maydonchasiga qo‘yilgan “dostavkachilar” jarimani to‘lab, transportni olib ketishi mumkinligi aytildi

Skuteri jarima maydonchasiga qo‘yilgan “dostavkachilar” jarimani to‘lab, transportni olib ketishi mumkinligi aytildi


AOKA huzurida tashkil etilgan shtabdagi Ichki ishlar vaziri matbuot kotibi Shohrux G‘iyosov karantin qoidalarini buzgan transportlar jarima maydonchasiga qo‘yilishi, mahsulot tashish masalalariga to‘xtalib o‘tdi. Bu haqda “Daryo” muxbiri xabar bermoqda.

Jumladan, fuqarolar o‘ziga tegishli bo‘lgan skuterda karantin qoidalarini buzib harakatlangani uchun, Sanitariya epidemiologiya nazorati xodimlari tomonidan tegishli tartbida bayonnoma rasmiylashtirilib, transport vositasi vaqtinchalik jarima maydoniga qo‘yilgan bo‘lsa, belgilangan miqdorda jarima to‘lab, skuterni olib chiqib ketishi mumkinligi aytildi.

“Shu bilan birga qayd etish kerakki, sizda yetkazib berish xizmatini amalga oshirishingiz uchun tegishli tartibdagi maxsus litsenziyaga ega bo‘lishingiz talab etiladi”, — deya qo‘shimcha qildi matbuot kotibi.

Bundan tashqari, maxsus komissiyaning 2020-yil 11-apreldagi 18-son bayoniga ko‘ra, yetishtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini bozorga yoki oziq-ovqat do‘konlariga yetkazib berishda ruxsatnoma talab etilmasligi, mahsulotlarni M1 yoki M2 toifadagi shaxsiy transport vositasida oziq-ovqat bozoriga olib borishi mumkinligi aytildi.

Shu bilan birga, YHXB xodimlari avtotransportni vizual ko‘zdan kechirib, yo‘nalish va aniq manzil yuzasidan tushintirishlar so‘rashga haqli ekanligi eslab o‘tildi.

Mavzuga doir: Stikersiz harakatlanishi mumkin bo‘lgan avtotransport haydovchilarining qanday hujjatlari bo‘lishi lozimligi aytildi

Shuningdek, karantin qoidalarini buzgan haydovchilarning avtotransport vositalari jarima maydoniga qo‘yilayotgani qanchalik qonuniy asosga egaligiga izoh berildi. Unga ko‘ra, Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 23-martdagi 176-son qarori bilan respublika Maxsus komissiyaning o‘z vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlari idoraviy bo‘ysunuvi va tashkiliy-huquqiy shaklidan qat’i nazar barcha tashkilotlar va ularning mansabdor shaxslari, shuningdek, fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy deb belgilanib qo‘yilgan. Shundan kelib chiqib, Maxsus komissiya qarorlari qonuniy kuchga ega hisoblanishi aytildi.

Mavzuga doir: IIV vakili karantin vaqtida jarima maydonchasiga tushgan avtomobillar uchun avtoturargohning kunlik to‘lovi undirilishini ma’lum qildi

Maxsus komissiyaning 4-apreldagi 16-sonli bayonida karantin talablarining ijrosini so‘zsiz ta’minlash hamda maxsus ruxsatnomasi mavjud bo‘lmagan holda harakatlanayotgan avtotransport vositalarini huquqbuzarlik davom ettirilishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida, istisno tariqasida Ichki ishlar organlari yo‘l-patrul xizmati xodimlari tomonidan karantin davrida belgilangan tartibni buzganligi uchun, transport vositasini jarima maydonchasiga joylashtirish yo‘li bilan ushlab turilishi bildirildi.

Eslatib o‘tamiz, karantin davrida muddati tugaydigan barcha ruxsat berish xususiyatiga ega hujjatlar muddati 1-iyulgacha uzaytirilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-04-2020, 15:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 43) ( 0) ( 41) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют