» » IIV matbuot kotibi: “Xususiy tibbiyot tashkilotlari xodimlari shaxsiy transportdan foydalanishlari mumkin emas”

IIV matbuot kotibi: “Xususiy tibbiyot tashkilotlari xodimlari shaxsiy transportdan foydalanishlari mumkin emas”


AOKA huzurida tashkil etilgan shtabdagi Ichki ishlar vazirligi matbuot kotibi Shohrux G‘iyosov maxsus stikersiz harakatlanishi mumkin bo‘lgan, tibbiyot sohasiga aloqador avtotransport vositalari xususida to‘xtalib o‘tdi. Bu haqda “Daryo” muxbiri xabar berdi.

Ma’lumki, davlat sog‘liqni saqlash tizimiga kiruvchi tashkilotlarning xizmat va xodimlarning shaxsiy avtotransporti (1-band), xususiy tibbiyot tashkilotlari (xususiy klinika, dorixona va boshqa tibbiyot tashkilotlari)ning faqat xizmat avtotransporti (2-band) stikersiz harakatlanishi mumkinligi belgilangan.

Matbuot kotibi haydovchining yonida mazkur tashkilotda ishlashini tasdiqlovchi mehnat daftarchasi nusxasi va aynan karantin davrida ishga jalb etilganligi haqida tashkilotdan biror-bir hujjat olib yurishi shartligini (ko‘pincha bu ma’lumotnoma ko‘rinishida bo‘ladi) bildirdi. Agar shu ikki hujjat bo‘lmasa harakatlanish noqonuniy, deb topilishi qo‘shimcha qilindi.

“Bu vakolat haydovchiga ishga borib kelish, ya’ni Toshkent viloyatidan Toshkent shahriga o‘tish uchun berilgan. Yana bir qulaylik, haydovchi transportda birga ishlovchi xodimlarni olib yurishi mumkin, faqat ular o‘zlari bilan uchta hujjat—  pasport, mehnat daftarchasi va tashkilotdan berilgan ma’lumotnomani olib yurishlari shart. Begona odamlarni transportda olib yurish, qoidabuzarlik hisoblanadi”, — deb ta’kidladi Shohrux G‘iyosov.

Shuningdek, xususiy tibbiyot tashkilotlari xodimlari shaxsiy transportdan foydalanishlari mumkin emasligini bildirdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-04-2020, 12:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 99) ( 0) ( 97) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют