» » Hindistonda pandemiya davrida tug‘ilgan chaqaloqqa Sanitayzer deb ism qo‘yildi

Hindistonda pandemiya davrida tug‘ilgan chaqaloqqa Sanitayzer deb ism qo‘yildi


Hindistonda yashovchi ota-ona koronavirus pandemiyasi davrida tug‘ilgan farzandiga Sanitayzer deb ism qo‘yishga qaror qildi, deb yozadi The Mirror.

Qayd etilishicha, oila shu tarzda o‘g‘li dunyoga kelgan ushbu murakkab davrni eslab qolmoqchi. Koronavirusga qarshi kurashishda dezinfeksiya jarayoni uchun ko‘p sonli texnika, dori-darmonlar ishlatilmoqda, ularning barchasining tarkibida sanitayzer bor.

Ota-ona o‘g‘illariga qo‘yilgan ismni shifokorlar tabassum bilan qarshi olganini bildirgan.

“Odamlar koronavirus haqida gapirganida aynan ushbu kimyoviy modda ularni infeksiyadan saqlab qolganini eslaydi”, — deydi chaqaloqning otasi.

Avvalroq ham Hindistonda tug‘ilgan chaqaloqqa koronavirusga atab ism qo‘yilgan edi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-04-2020, 13:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 89) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют