» » Sankt-Peterburgda koronavirusga chalingan tibbiyot xodimlariga 4000 dollardan beriladi

Sankt-Peterburgda koronavirusga chalingan tibbiyot xodimlariga 4000 dollardan beriladi


Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida koronavirusga chalingan bemorlarga yordam ko‘rsatish vaqtida infeksiya yuqtirib olgan tibbiyot xodimlari 300 ming rubl (4000 dollar) miqdoridagi bir martalik tovon puli oladi. Bu haqda shahar ma’muriyatining tegishli qarorida ma’lum qilingan.

Agar koronavirus bilan kasallanish oqibatida shifokorda nogironlik yuzaga kelsa, unga 500 ming rubl (6600 dollar) miqdorida tovon puli to‘lanadi.

Sankt-Peterburg kasallanganlar soni bo‘yicha Rossiyada Moskva shahri va Moskva viloyatidan keyin uchinchi o‘rinda turibdi. 20-aprel holatiga ko‘ra, shaharda koronavirusga chalingan 1846 nafar bemor qayd etilgan, 8 kishi kasallik qurboniga aylangan, 241 kishi tuzalgan.

Mavzuga doir: Virusolog Rossiya iyun oyiga borib koronavirus ustidan g‘alabaga erishishi mumkinligini ma’lum qildi

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda bemorlar bilan ishlash davomida koronavirus infeksiyasini yuqtirib olgan tibbiyot, sanitariya-epidemiologiya xizmati va boshqa xodimlarga 100 million so‘mdan to‘lanadi. Shuningdek, koronavirus infeksiyasiga qarshi kurashish doirasida bemorlar bilan ishlagan vaqtida koronavirus infeksiyasini yuqtirish natijasida og‘ir ahvolga tushgan va sog‘lig‘i tiklanmagan taqdirda tibbiyot, sanitariya-epidemiologiya xizmati va boshqa xodimlarga yoki ularning oila a’zolariga esa 250 million so‘m miqdorida bir martalik to‘lovlar to‘lanadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-04-2020, 06:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 113) ( 0) ( 111) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют