» » O‘zbekistonda 150 mingga yaqin kishi koronavirus bo‘yicha testdan o‘tkazilgan

O‘zbekistonda 150 mingga yaqin kishi koronavirus bo‘yicha testdan o‘tkazilgan


O‘zbekistonda 150 mingga yaqin kishi koronavirus bo‘yicha testdan o‘tkazilgan. Yaqin orada bu raqamlar yarim millionga yetkaziladi. Bu haqda 21-aprel kuni AOKA huzurida tashkil etilgan shtabda bo‘lib o‘tgan brifingda Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Habibulla Oqilov tomonidan ma’lum qilindi.

Jumladan, o‘tkazilayotgan tahlil testlari va aniqlanayotgan bemorlar sonini chop etib borish haqidagi iltimosga javoban Oqilov alohida izoh berib o‘tdi.

Mavzuga doir: O‘zbekistonda yaqin vaqt ichida koronavirus bo‘yicha test o‘tkazish yarim millionga yetkazilishi aytildi

Olingan testlarning soni kelgusida maksimal oshirilishi hisobigagina karantin shartlarini yumshatish mumkinligi aytildi. Virus yuqtirganlarning soni kundalik ravishda Sog‘liqni saqlash vazirligi sayti hamda ommaviy axborot vositalarida e’lon qilib borilayotgani ta’kidlandi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda karantin tartibi 10-mayga qadar uzaytirilgan.

Yangi e’lon qilingan karatnin tartibiga muvofiq, nodavlat tibbiyot tashkilotlariga barcha talablarga rioya qilgan holda hududiy sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazlari rahbarlari tomonidan imzolanadigan shartnoma asosida 2020-yil 1-sentabrga qadar koronavirus infeksiyasini laborator tekshirish bo‘yicha pullik tibbiy xizmat ko‘rsatishlariga ruxsat berilishi ham ma’lum qilingan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-04-2020, 12:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 107) ( 0) ( 105) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют