» » Rossiyada bir sutkada koronavirusdan vafot etganlar soni bo‘yicha rekord yangilandi

Rossiyada bir sutkada koronavirusdan vafot etganlar soni bo‘yicha rekord yangilandi


So‘nggi bir sutkada Rossiyada 5 642 kishi koronavirusga chalingani aniqlandi, deb xabar bermoqda “RBK” kasallikka qarshi kurash bo‘yicha tezkor shtabga tayanib.

Umumiy hisobda Rossiyaning kasallikka chalinganlar soni 52 763 kishiga yetdi.

Tezkor shtab bergan ma’lumotlarga ko‘ra, so‘nggi bir sutkada mamlakatda 51 kishi koronavirus sababli vafot etgan va koronavirus qurbonlarining umumiy soni 456 kishiga yetgan. O‘lim holatining aksariyati (29 ta) Moskvada qayd etilgan. Ular 31 yoshdan 94 yoshgacha bo‘lgan bemorlar bo‘lgan.

Rossiyada sutka davomida eng ko‘p o‘lim holati so‘nggi marta 19-aprel kuni kuzatilgandi. Unda 48 kishi kasallikdan vafot etgandi.

Avvalroq Rossiyada koronavirusga chalinganlar soni 47 ming kishidan oshgani, vafot etganlar soni esa 405 kishiga yetgani xabar berilgan edi. Putin Rossiyada koronavirus hali o‘z cho‘qqisiga yetmaganini aytib, koronavirusga qarshi vaksinaning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishini tezlashtirishni buyurgan.

Mavzuga doir: Virusolog Rossiya iyun oyiga borib koronavirus ustidan g‘alaba erishishi mumkinligini ma’lum qildi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-04-2020, 14:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 62) ( 0) ( 61) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют