» » Rossiyada koronavirusga chalinganlar soni 27900 kishidan oshdi, vafot etganlar esa 232 kishiga yetdi

Rossiyada koronavirusga chalinganlar soni 27900 kishidan oshdi, vafot etganlar esa 232 kishiga yetdi


Rossiyada koronavirus bilan xastalangan bemorlar soni 27938 kishiga yetdi. Bu haqda Rossiyada COVID-19 tarqalishiga qarshi kurash bo‘yicha tezkor shtab ma’lumotlariga tayanib, “RIA Novosti” xabar berdi.

So‘nggi bir sutkada Rossiyada koronavirus yuqtirib olganlar soni mamlakatning 84 ta hududida 3448 kishiga ortgan. Yangi holatlarning 1370 tasi Moskvada, 467 tasi Moskva viloyatida, 154 tasi Sankt-Peterburgda qayd etilgan. Bir sutka ichida kasallikdan 34 kishi vafot etgan.

Mamlakatda koronavirusdan umumiy hisobda 232 nafar bemor vafot etgan, 2304 kishi kasallikdan tuzalgan.

Rossiyada koronavirus yuqtirish bilan bog‘liq kunlik yangi holatlar soni oshib bormoqda. Xususan, 11-aprel 1667 ta, 12-aprel 2186 ta, 13-aprel 2558 ta, 14-aprel 2774 ta, 15-aprel kuni esa 3388 ta yangi holat haqida xabar berilgan.

Mavzuga doir: Rossiyalik shifokorlar amerikalik olimlarning COVID-19 bo‘yicha tadqiqot xulosalariga baho berdi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-04-2020, 15:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 61) ( 0) ( 59) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют