» » Farg‘onadagi uyda dudbo‘ronga tushib qolgan tulki bolalari qutqarildi

Farg‘onadagi uyda dudbo‘ronga tushib qolgan tulki bolalari qutqarildi


Farg‘onada uy dudbo‘roniga tushib qolgan tulki bolalari qutqarildi. Bu haqda “Ekolog.uz” Telegram-kanalida ma’lum qilindi.

Ma’lum bo‘lishicha, Farg‘ona viloyati Toshloq tumani inspeksiyasiga “So‘filar” MFY Muqumiy ko‘chasida yashovchi fuqaro qo‘ng‘iroq qilib, uyining dudbo‘roniga tulki bolalari tushib qolganini aytgan. Inspektorlar kelgunicha jonivorlar ochidan o‘lmasligi uchun uy egasi ularni ovqatlantirib turgan.

Farg‘ona viloyat Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi Toshloq tuman inspeksiyasi, davlat inspektorlari va tuman obodonlashtirish boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda dudbo‘rondan tulki bolalarini shikast yetkazmasdan chiqarib olib, tabiatga qo‘yib yuborgan.

“Yurtimizda tabiatni ardoqlovchi fuqorolar borligi, biz ekologlar tabiatni asrashda yolg‘iz emasligimizni qalban his etmoqdamiz”, — deya bo‘lgan voqeaga izoh bergan Farg‘ona viloyat Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi axborot xizmatining rahbari Gulnoza To‘xtasinova.

Mavzuga doir: Samarqandda aholining qo‘y va tovuqlariga hujum qilayotgan shoqol yo‘q qilindi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-04-2020, 19:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 81) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют