» » Amerikalik diplomatlar uch yoshli “terrorchi”ni so‘roq qildi

Amerikalik diplomatlar uch yoshli “terrorchi”ni so‘roq qildi


AQShning Londondagi elchixonasi xodimlari uch yoshli bolani so‘roq qildi, uni bobosi viza anketasini to‘ldirish chog‘ida yanglishib, terrorchi deb atagan edi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.

Guardian gazetasi ma’lumotlariga ko‘ra, uch yoshli Xarvi Kenyon-Keyrnsning bobosi Amerika vizasini olish uchun uning anketasini to‘ldirish vaqtida “Terrorchilik faoliyati, josuslik, sabotaj yoki genotsidga aloqangiz bormi?” — degan savolga yanglishib, “ha” deb javob yozgan, natijada esa bolani suhbat uchun elchixonaga chaqirishgan. Bobo va nabira Floridaga sayohatga chiqmoqchi bo‘lgan.

“Ular bu shunchaki xatolik bo‘lganini, uch yoshli bola hech kimga zarar bera olmasligini tushunmaganiga ishongim kelmasdi”, — dedi 62 yoshli Pol Kenyon.

Uning so‘zlariga ko‘ra, so‘roq chog‘ida bola “o‘zini juda yaxshi tutgan va biror marta yig‘lamagan”.

Oila viza olish uchun dastlabki rad javobidan so‘ng yana 3000 funt sterling to‘lashiga to‘g‘ri kelgan. Kenyonning o‘zi xatosi juda qimmatga tushganini ta’kidladi.

Опубликовано: admin (17-04-2017, 10:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 90) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют