» » Qozog‘istonda koronavirusga chalinganlar soni 2025 kishiga yetdi

Qozog‘istonda koronavirusga chalinganlar soni 2025 kishiga yetdi


Qozog‘istonda 22-aprel holatiga ko‘ra, koronavirus bilan kasallanganlar soni 2025 kishiga yetdi. Bu haqda Davlat komissiyasining tezkor shtabiga tayanib, Tengrinews xabar berdi.

Mamlakatda COVID-19 koronavirus infeksiyasi tarqalishi boshlanganidan buyon 19 kishi virus qurboniga aylangan, shuningdek, 489 bemor davolanishga muvaffaq bo‘lgan.

Ayni vaqtda COVID-19 holatlari mamlakatning quyidagi hududlarida qayd etildi:

Avvalroq Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev 16-aprel kuni joriy etilgan favqulodda holat rejimini aprel oyining oxiriga qadar uzaytirgani haqida xabar berilgandi.

Mavzuga doir: Qozog‘istonda karantin cheklovlarini yengillashtirish boshlandi

O‘zbekistonda 22-aprel soat 10:00 holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasini yuqtirib olganlar soni 1692 kishiga yetdi. Mamlakatda 15-martdan buyon koronavirusga chalingan bemorlarning olti nafari vafot etdi, 357 nafari esa sog‘ayib, reabilitatsiyaga olingan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-04-2020, 10:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 41) ( 0) ( 40) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют