» » Tokioda AQSh vitse-prezidenti bilan KXDR atrofidagi vaziyatni muhokama qilishmoqchi

Tokioda AQSh vitse-prezidenti bilan KXDR atrofidagi vaziyatni muhokama qilishmoqchi


Yaponiya hukumati AQSh vitse-prezidenti Mayk Pensning Tokioga 18-aprel kuni boshlanadigan tashrifi chog‘ida KXDR bilan bog‘liq muammolarni muhokama qilmoqchi, deb yozadi “TASS” vazirlar mahkamasi bosh kotibi Yosixide Sugaga tayanib.

“Shimoliy Koreya atrofidagi muhit Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe va AQSh vitse-prezidenti Mayk Pens o‘rtasidagi muhokamalar mavzusi bo‘ladi”, — dedi u.

Vazirlar mahkamasi bosh kotibi ta’kidlashicha, Tokio Vashington va Seul bilan hamkorlikda BMT Xavfsizlik kengashi taqiqlaganiga qaramay, ballistik raketalarni sinovdan o‘tkazayotgan KXDRdan “tiyilishni talab qilmoqchi”.

“AQSh va Janubiy Koreya bilan hamkorlikdan tashqari, biz Shimoliy Koreya tomonidan gijgijlashlarni bosish uchun, barcha yo‘nalishlar bo‘yicha diplomatik choralarni ko‘ramiz, shu jumladan, Xitoy va Rossiya bilan aloqa qilamiz”, — dedi Suga.

Опубликовано: admin (17-04-2017, 10:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 103) ( 0) ( 101) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют