» » Alvaro Rekoba: Messi — futbol tarixidagi eng yaxshi o‘yinchi

Alvaro Rekoba: Messi — futbol tarixidagi eng yaxshi o‘yinchi


“Inter” sobiq hujumchisi Alvaro Rekoba “Barselona” forvardi Lionel Messi haqida fikr bildirib o‘tdi.

— Messi o‘z zamonasining eng yaxshi futbolchisimi?

— O‘ylashimcha, u futbol tarixidagi eng zo‘ri. Bolalik paytimda Diyego Maradonaning o‘yinini ko‘rganman. U aqlbovar qilmas darajada edi, biroq Messining o‘yini — o‘ziga xos hodisa.

U juda uzoq muddatdan beri yaxshi o‘yin ko‘rsatyapti. Buni hozircha ko‘pchilik tushunmaydi, biroq argentinalik faoliyatini yakunlagandan so‘ng barcha anglab yetadi”, — deydi urugvaylik sobiq futbolchi.

Rekoba 1997—2008-yillari “Inter”da to‘p suradi. “El Chino” laqabi bilan mashhur bo‘lgan futbolchi milanliklar safida 176 o‘yinda qatnashib, 53 ta gol urishga erishadi. Urugvay terma jamoasida esa 69 uchrashuv o‘tkazgan va 11 ta gol muallifiga aylangan.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-04-2020, 18:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 85) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют