» » Ulardan tezkori yo‘q. Dunyoning ayni damdagi eng tezkor 10 futbolchisi (foto)

Ulardan tezkori yo‘q. Dunyoning ayni damdagi eng tezkor 10 futbolchisi (foto)


Le Figaro nashri dunyoning ayni damdagi eng tezkor 10 nafar futbolchisi ro‘yxatini e’lon qildi.

Reyting futbolchilarning raqib bilan yakkama-yakka kurash vaqtida olgan tezligi asosida tuzib chiqilgan. Ammo qayd etish joiz, zamonaviy futbolda tezlik hal qiluvchi ahamiyat kasb etmaydi. Ro‘yxatga qarab, tezligi bor, ammo top darajaga chiqa olmagan futbolchilar borligini ham ko‘rish mumkin.

10. Nacho Fernandes (“Real”) — 34,62 km/soat

9. Alvaro Odriosolo (“Real”/“Bavariya”) — 34,99 km/soat

8. Muhammad Saloh (“Liverpul”) — 35 km/soat

7. Kingsli Koman (“Bavariya”) — 35 km/soat

6. Leroy Sane (“Manchester Siti”) — 35,04 km/soat

5. Kayl Uoker (“Manchester Siti”) — 35,21 km/soat

4. Karim Belarabi (“Bayer”) — 35,27 km/soat

3. Pyer-Emerik Obameyang (“Arsenal”) — 35,5 km/soat

2. Inyaki Uilyams (“Atletik”) — 35,7 km/soat

1. Kilian Mbappe (PSJ) — 36 km/soat

Ma’lumot uchun, dunyodagi tezkor futbolchilarining eng chaqqoni ham yengil atletika afsonasi, yamaykalik Useyn Bolt oldiga yaqinlasha olmaydi. Bolt 2009-yil 100 metr masofani 9,58 soniyada bosib o‘tgan. O‘shanda Useyn 44,72 km/soat tezlikni namoyish etgan.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-04-2020, 10:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 78) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют