» » Parlament namanganlik deputat va YPX xodimlari o‘rtasidagi nizoli vaziyatning to‘liq videosini talab qildi

Parlament namanganlik deputat va YPX xodimlari o‘rtasidagi nizoli vaziyatning to‘liq videosini talab qildi


Namanganda shahar kengashi deputati T.Muhammadiyev hamda ichki ishlar xodimlari o‘rtasida nizoli vaziyat sodir bo‘lgani haqida xabar berilgandi. 15-aprel kuni sodir bo‘lgan janjalga deputatga tegishli avtomobilning sug‘urta polisi muddati o‘tib ketgani, xalq vakili esa ushbu hujjatsiz ham yura olish vakolatiga ega ekanligini ta’kidlagani va IIV xodimlariga faol qarshilik ko‘rsatgani sabab bo‘lgandi.

Nizoli vaziyatda Namangan shahar kengashi deputati profilaktika inspektorining qo‘liga urib, uning telefoni yerga tushib sinishiga sababchi ekani, murosa qilaman deb o‘rtaga tushgan boshqa bir xodimning esa pogoni va ko‘krak nishonini yulib, otib yuborgani hamda ushbu holat yuzasidan jinoiy ish ochilgani IIV axborot xizmati e’lon qilgan videoda ham aytilgandi.

16-aprel kuni Namangan shahar prokurori Xalq deputatlari Namangan shahar kengashiga taqdimnoma kiritib, deputat T.Muhammadiyevni jinoiy javobgarlikka tortish va ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olishga rozilik so‘ragan. Mazkur taqdimnoma 16-aprel kuni Xalq deputatlari Namangan shahar kengashida ko‘rib chiqilib, deputat T.Muhammadiyevni ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olishga rozilik berish masalasi rad etilib, uni jinoiy javobgarlikka tortishga rozilik berilgan.

19-aprel kuni Xalq deputatlari Namangan shahar kengashining navbatdan tashqari kengaytirilgan yig‘ilishida kengashning 16-apreldagi qarori va shahar prokurorining T.Muhammadiyevga oid taqdimnomasi ko‘rib chiqilgan va Xalq deputatlari Namangan shahar kengashining shu kuni e’lon qilingan qarori bilan kengashning 16-apreldagi deputatni jinoiy javobgarlikka tortishga rozilik berilgan qarori bekor qilingan. Shahar prokurorining T.Muhammadiyevni jinoyat ishida ayblanuvchi tariqasida jalb etish va unga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llashga rozilik berish to‘g‘risidagi taqdimnomasi ham rad etilgan.

Bundan tashqari, kengash qarori bilan Namangan shahar prokuroridan shahar IIOV FMB profilaktika katta inspektori I.I.Abdurahmonov, IIB YHXB inspektori X.I. Ziyoviddinov va voqeada ishtirok etgan boshqa xodimlarning harakatlariga huquqiy baho berish va belgilangan tartibda qonuniy chora ko‘rish so‘ralgan.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, O‘zLiDeP a’zosi Doniyor G‘aniyev parlament 12 nafar a’zosining IIV Po‘lat Bobojonovga kiritgan takliflari bayon etilgan murojaatini e’lon qildi. Unda YPX inspektorining xizmat bodikamerasiga yozib olingan voqea videosini to‘liq shaklda (montajsiz) jamoatchilikka oshkor qilinishi hamda voqeaning yakuniy muhokamasi yuzasidan Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga vazirlik tomonidan axborot berilishi so‘ralgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-04-2020, 12:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 66) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют