» » Qo‘lga olingan deputat nega pora talab qilganini aytdi (video)

Qo‘lga olingan deputat nega pora talab qilganini aytdi (video)


Joriy yilning 22-sentabr kuni Xalq deputatlari Namangan viloyat kengashi deputati Olimjon To‘xtanazarov Chust shahri markazida arizachidan 500 AQSh dollarini olgan vaqtda, ashyoviy dalil bilan ushlangandi. Bu haqda Kun.uz xabar berdi.

“O‘zbekiston 24” telekanalining maxsus reportajida deputat nega pora talab qilganini aytib o‘tdi.

“Bu ayolning ishonchiga kirib turib, o‘sha pulni olib, o‘zimning oilaviy ehtiyojimga ishlatmoqchi edim. Chin ko‘ngildan pushaymonman”, — dedi deputat.

Mazkur holat yuzasidan O.To‘xtanazarovga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 3-qismi “v” bandi, 28, 211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Olimjon To‘xtanazarov O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi a’zosi, Xalq deputatlari Namangan viloyat kengashi deputati, O‘zMTRK tarkibidagi kanallardan birida rejissyor bo‘lib ishlagan. Ushbu deputat ijtimoiy tarmoqlardagi faol bo‘lib, jamiyat hayotidagi muammolar bo‘yicha, xususan, korrupsiya masalasida o‘zining fikrlarini bildirib kelardi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-10-2018, 12:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 68) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют