» » Chust tumani Davlat soliq idorasi rahbari pora olganlik uchun qo‘lga olindi

Chust tumani Davlat soliq idorasi rahbari pora olganlik uchun qo‘lga olindi


Namangan viloyati Chust tumani Davlat soliq idorasi rahbar xodimlari Chust shahrida faoliyat yurituvchi xususiy tadbirkordan savdo do‘konini soliq xodimlari tekshirmasliklari evaziga 300 AQSh dollari talab qilgan. Bu haqda Namangan viloyati IIB Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘limi xabar berdi.

Shu yilning 4-iyul kuni xususiy tadbirkor X.X. Namangan viloyati IIB Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘limiga murojaat qilib, unda 2013-yildan Chust shahri, Do‘zanda MFYda savdo do‘koni ochib faoliyat yuritishi, 2018-yil 3-iyul kuni savdo do‘koniga tuman Davlat soliq idorasi rahbar xodimlari G‘.B. va T.N.lar kelib, savdo do‘konini soliq xodimlari tekshirmasliklari evaziga 300 AQSh dollari berishini talab qilganliklarini ma’lum qilgan.

Mazkur arizaga asosan, shu kuni Namangan viloyati IIB JQB Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘limi hamda Namangan viloyati prokuraturasi xodimlari hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, Chust tumani Davlat soliq inspeksiyasi bo‘lim boshlig‘i lavozimida ishlovchi T.N. tuman DSI binosida fuqaro X.X.dan 300 AQSh dollarini olgan vaqtida qo‘lga olingan.

Ushbu holat yuzasidan Namangan viloyati prokuraturasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 210-moddasi (Pora olish) 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, T.N. qamoqqa olingan. Shuningdek, uning jinoiy sheriklariga nisbatan ham tergov harakatlari olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-08-2018, 20:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 80) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют