» » O‘zLiDeP deputati pora bilan qo‘lga tushdi

O‘zLiDeP deputati pora bilan qo‘lga tushdi


Xalq deputatlari Namangan viloyati kengashi deputati, O‘zbekiston liberal demokratik partiyasi a’zosi Olimjon To‘xtanazarov pora olayotganda ushlandi. Bu haqda “Gazeta.uz” xabar bermoqda.

20-sentabr kuni fuqaro I.M. huquqni muhofaza qilish organlariga murojaat qilib, Namangan viloyati Pop tumanida maktab direktori bo‘lib ishlagani, 2017-yil 14-noyabrda sudlanib, vazifasidan ozod etilganini ko‘rsatib o‘tdi.

Ayol sud qaroridan norozi bo‘ldi va 3-sentabr kuni Olimjon To‘xtanazarovga murojaat qildi. U 500 dollar evaziga yuqori lavozimlarda ishlovchi tanishlari orqali muammoni hal qilishga va’da berdi. I.M. bu haqda huquqni muhofaza qilish organlariga xabar berdi.

Namangan viloyat huquqni muhofaza qilish organlarining hamkorlikdagi tezkor tadbirida 22-sentabr kuni taxminan 15:00 da Olimjon To‘xtanazarov I.M. dan 500 dollar olayotganda ushlandi.

Holat yuzasidan O. To‘xtanazarovga nisbatan JKning 168-moddasi 3-qismi “v” bandi, 28, 211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Deputat viloyat xalq deputatlari kengashi roziligi olingan holda Jinoyat-protsessual kodeksining 221-moddasi tartibida ushlandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-10-2018, 22:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 53) ( 0) ( 51) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют