» » O‘zbekistonda qaysi tibbiyot muassasalari karantinga yopilgani ma’lum qilindi

O‘zbekistonda qaysi tibbiyot muassasalari karantinga yopilgani ma’lum qilindi


Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshlig‘i Nurmat Otabekov  23-aprel kuni AOKA qoshida tashkil etilgan brifingda O‘zbekistonda qaysi tibbiy muassasalar karantinga yopilganini ma’lum qildi. Bu haqda “Daryo” muxbiri xabar bermoqda.

“Hozirda 7-sonli tug‘ruqxona markazi, Respublika perinatal markazi (SAMPI), Respublika ixtisoslashtirilgan Endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, 5-sonli shahar yuqumli kasalliklar shifoxonasi, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi va “Shoxmed” xususiy klinikasi karantinga yopilgan”, — dedi Otabekov va ushbu muassasalarning mijozlari orasida koronavirus aniqlangani tufayli yopilganini ta’kidladi.

Avvalroq SSV huzuridagi Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Habibulla Oqilov Respublika perinatal markazida koronavirus aniqlangan homilador ayol maxsus ajratilgan 3-tug‘ruqxona binosiga o‘tkazilganini, xodimlar va boshqa bemorlarni tahlil qilishda koronavirus aniqlanmagani va markazni ochish masalasi karantin qoidalariga muvofiq hal etilishi belgilanganini ma’lum qilgandi.

Eslatib o‘tamiz, yuqoridagi sanab o‘tilgan tibbiyot muassasalaridan tashqari Toshkent shahridagi 6-sonli tug‘ruqxona, 17-shahar klinik shifoxonasi va 8-oilaviy poliklinika ham karantinga yopilgani ham xabar berilgan.

Mavzuga doir: Koronavirusga qarshi kurash shtabi: “O‘zbekiston koronavirus bo‘yicha istalgan voqealar rivojiga tayyor”



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-04-2020, 17:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 29) ( 0) ( 28) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют