» » Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi: “Respublika perinatal markazi karantinga yopilgan”

Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi: “Respublika perinatal markazi karantinga yopilgan”


Toshkentda 16-aprel kunida Respublika perinatal markazida homilador ayollardan birida koronavirusning mavjudligini aniqladi. AOKA huzurida tashkil etilgan shtabdagi brifingda Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Habibulla Oqilov ma’lum qildi.

Ayol maxsus ajratilgan 3-tug‘ruqxona binosiga o‘tkazilgan, markaz karantin uchun yopilgan. Xodimlar va boshqa bemorlarni tahlil qilishda koronavirus aniqlanmagan va markazni ochish masalasi karantin qoidalariga muvofiq hal etilishi belgilangani ma’lum qilindi.

Mavzuga doir: Toshkentdagi 17-shahar klinik shifoxonasi va 8-oilaviy poliklinika karantinga yopildi

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahridagi 6-sonli tug‘ruqxona karantinga yopilgan edi. Shuningdek, Toshkentdagi 17-shahar klinik shifoxonasi va 8-oilaviy poliklinika ham karantinda qolmoqda.

Qayd etilganidek, hozirda koronavirus bilan zararlanish ko‘p holatlarda birinchi bemorlar bilan muloqotda bo‘lgan shaxslarda yoki xorijdan qaytganidan keyin karantinga joylashtirilgan fuqarolar orasida aniqlanmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-04-2020, 15:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 41) ( 0) ( 39) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют