» » O‘zbekistonda koronavirusdan sog‘ayganlarning qon zardobidan foydalanishga hozircha ehtiyoj yo‘qligi ma’lum qilindi

O‘zbekistonda koronavirusdan sog‘ayganlarning qon zardobidan foydalanishga hozircha ehtiyoj yo‘qligi ma’lum qilindi


Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Habibulla Oqilov 16-aprel kuni AOKAda o‘tkazilgan brifingda fuqarolar tomonidan yo‘llangan koronavirus bilan bog‘liq savollarga javob qaytardi.

“Daryo” muxbirining xabar berishicha, Oqilov “koronavirusga chalingan va xastaligi og‘ir bemorlarni davolashda mazkur kasallikdan shifo topganlarning qon zardobidan qay darajada foydalanilayotgani” haqidagi savolga javob berarkan, hozirgacha O‘zbekistonda bu usulga murojaat qilinmaganini ta’kidladi.

“Biz xitoylik hamkasblarimizning tajribasini o‘rganib chiqdik va bugungi kunda O‘zbekiston qon zardobidan foydalanishga tayyor. Lekin shu kunga qadar bu usuldan foydalanishga hali ehtiyoj tug‘ilgani yo‘q”, — dedi Habibulla Oqilov.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda endilikda koronavirusga chalingan bemorlarni davolash uchun sog‘ayib ketganlarning qon zardobidan antitana maqsadida foydalanilish yo‘lga qo‘yilishi, bu kasallik og‘ir kechayotgan yoki uzoq davom etayotgan bemorlarimizga virusni tezroq va osonroq yengish uchun qo‘shimcha kurashish manbai bo‘lib xizmat qilishi xabar berilgan edi. Bunday davolash usuli Buyuk Britaniya shifokorlarida katta qiziqish uyg‘otgandi.

Ayni paytda O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 1349 kishiga yetdi. Ularning to‘rt nafari vafot etdi, 107 nafari sog‘ayib, reabilitatsiyaga olindi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-04-2020, 14:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 103) ( 0) ( 103) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют