» » O‘zbekistonga issiqxona va parrandachilik uchun chetdan olib kelinadigan tovarlarga qanday imtiyozlar berilishi aytildi

O‘zbekistonga issiqxona va parrandachilik uchun chetdan olib kelinadigan tovarlarga qanday imtiyozlar berilishi aytildi


Respublikada ishlab chiqarilmaydigan Issiqxona komplekslari 2021-yil 1-yanvarga qadar bojxona to‘lovlaridan ozod qilinadi. Bu haqda bugun, 23-aprel kuni, AOKAda shtabida o‘tkazilgan brifingda Davlat bojxona qo‘mitasi boshqarma boshlig‘i Farhod Olimjonov ma’lum qildi.

Qo‘mita vakilining ta’kidlashicha, zamonaviy energiya tejovchi issiqxonalar, ularning butlovchi qismlari, gofrlangan karton idish ishlab chiqarish uchun talab etiladigan va belgilangan tartibda shakllantiriladigan ro‘yxat bo‘yicha olib kiriladigan, uskuna, xomashyo, materiallar, ehtiyot qismlar hamda butlovchi buyumlar bojxona to‘lovlaridan ozod etilgan.

Brifingda Farhod Olimjonov parrandachilik faoliyati bilan shug‘ullanish uchun tadbirkorlik subyektlariga bojxona sohasidagi imtiyozlar haqida ham axborot berdi.

Naslli ona tovuq va barcha turdagi texnologik asbob-uskunalar sotib olish, parranda yetishtirishni tashkil etish, parranda mahsulotlarini qayta ishlash va saqlash, inkubatsiya sexlarini tashkil etish, parrandachilikka ixtisoslashgan bino-inshootlarni qurish, qayta ta’mirlash, maxsus texnika, ehtiyot qismlar hamda boshqa asosiy vositalar o‘rnatilgan tartibda tasdiqlanadigan ro‘yxat bo‘yicha 2021-yil 1-noyabrga qadar bojxona to‘lovlaridan ozod etilgan

Farhod Olimjonov, Davlat bojxona qo‘mitasi boshqarma boshlig‘i

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-04-2020, 21:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 91) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют