» » Motorola Galaxy S20 Ultra kabi texnik tavsifga ega Edge flagmanini taqdim etdi. Biroq qurilma raqobatchisidan 400 dollarga arzonroq

Motorola Galaxy S20 Ultra kabi texnik tavsifga ega Edge flagmanini taqdim etdi. Biroq qurilma raqobatchisidan 400 dollarga arzonroq


Motorola kompaniyasi Samsung Galaxy S20 Ultra’niki kabi protsessor, kamera, batareya va ekran o‘lchamiga ega o‘zining Edge Plus flagmanini taqdim etdi. Ushbu smartfon narxi 1000 dollar — bu o‘zining raqobatchisi 400 dollarga arzon demakdir, deya xabar beradi TJournal.

Edge Plus’ga uchtalik orqa kamera o‘rnatilgan. Asosiy model 108 megapikselga teng bo‘lib, u ma’lumotni to‘rt pikseldan bitta 27 megapikselli tasvirga guruhlashtira oladi. Asosiy kamera 6K formatdagi videoni yozib olishga qodir. Motorola’ning ta’kidlashicha, smartfon sensori boshqa qurilmalardagi 12 megapikselli variantlardan uch barobor katta va yorug‘likni ko‘proq ushlaydi.

Bundan tashqari, smartfonga optik barqarorlashtirgichli 8 megapikselga ega telefoto-linza hamda uch karrali optik yaqinlashtirgich o‘rnatilgan. Uchinchi kamera esa — 16 megapikselli keng burchakli linza bo‘lib, makrosuratga olishga mo‘ljallangan. Shuningdek, smartfonga ToF-sensor va 25 megapikselli frontal kamera o‘rnatilgan.

Edge Plus Snapdragon 865 protsessorida ishlaydi — Samsung ham o‘zining Galaxy S20 flagmanlarida aynan ushbu protsessordan foydalanadi. Shuningdek, qurilmaga 5000 mA/soat sig‘imga ega akkumulyator va 6,7 dyuymli ekran o‘rnatilgan. Smartfon 5G aloqa tarmog‘ini qo‘llab-quvvatlaydi.

Motorola Edge Plus AQShda may oyining oxirlariga borib 1000 dollardan sotuvga chiqadi. Galaxy S20 Ultra esa AQShda 1400 dollardan sotilmoqda.

Mavzuga doir: Motorola yangi egiluvchan ekranli Razr’ga talabning yuqoriligi tufayli uning sotuvga chiqarilishini kechiktirdi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-04-2020, 11:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 106) ( 0) ( 104) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют