» » O‘zbekistonda elektron raqamli imzo sertifikatini onlayn olish imkoniyati paydo bo‘ldi

O‘zbekistonda elektron raqamli imzo sertifikatini onlayn olish imkoniyati paydo bo‘ldi


O‘zbekistonda elektron raqamli imzo (ERI) kalitini masofadan turib olish mexanizmi joriy etilishi haqida xabar berilgandi. Davlat soliq qo‘mitasining ma’lum qilishicha, ushbu yangilik amaliyotga tatbiq etilgan bo‘lib, endilikda sertifikatning o‘zini ham masofadan turib olish mumkin.

Ta’kidlanishicha, ERI kalit va sertifikatlarni jismoniy hamda yuridik shaxslarga “e-imzo.uz” orqali berish mexanizmi joriy etilgan.

Davlat xizmatlari agentligi operatori quyidagilarni tekshiradi:

Selfi ko‘rinishidagi surat arizachining shaxsini tekshirishda muhim rol o‘ynaydi. Bunda arizachining ilova sifatida taqdim etgan surati yorug‘ fonda bo‘lishi va yuzi aniq ko‘rinishi, pasportning bosh sahifasidagi matn ham o‘qiladigan bo‘lishi kerak.

Aks holda sertifikat berishda rad etilishi mumkin. Arizachi kamchiliklarni bartaraf etib qaytadan yana ariza bera oladi.

ERI sertifikat olish bo‘yicha to‘liq instruksiya bilan quyidagi havola orqali tanishish mumkin.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-04-2020, 16:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 106) ( 0) ( 105) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют