» » UEFA qanday klublar Chempionlar Ligasi va Yevropa Ligasining kelasi mavsumiga qo‘yilmasligini ma’lum qildi

UEFA qanday klublar Chempionlar Ligasi va Yevropa Ligasining kelasi mavsumiga qo‘yilmasligini ma’lum qildi


UEFA ijroqo‘mi klublarni Chempionlar Ligasi va Yevropa Ligasining kelasi mavsumida qatnashish huquqidan mahrum etuvchi shartlarga aniqlik kiritdi.

Koronavirus pandemiyasi sabab joriy mavsum muddatidan avval yakunlanadigan chempionatlarda Yervokubok ishtirokchilari sport tamoyillari asosida tanlanadi. Ya’ni o‘rinlar liga to‘xtab qolgan vaqtdagi pog‘onalar bo‘yicha taqsimlanadi. Uch holatda UEFA muddatidan avval yakunlangan chempionat klubini musobaqalarga qo‘yish masalasini o‘z tasarrufida qoldiradi.

Agar chempionat UEFA qoidalariga zid ravishda bekor qilinsa, Yevrokuboklarga saralash bahslari shaffof bo‘lmagan taqdirda yoki jamiyat biror klubning chiqishini adolatsizlik deya baholasa — tashkilot jamoani Chempionlar Ligasi va Yevropa Ligasiga qo‘ymaydi.

Avvalroq UEFA Yevropa milliy chempionatlariga mavsumni yakunlab qo‘yishni qat’iy tavsiya qilgandi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-04-2020, 16:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 60) ( 0) ( 59) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют