» » “Saxovat va ko‘mak” harakati doirasida aholi va tadbirkorlarga yordam berish masalasi senatorlar tomonidan muhokama qilindi

“Saxovat va ko‘mak” harakati doirasida aholi va tadbirkorlarga yordam berish masalasi senatorlar tomonidan muhokama qilindi


Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Norboyeva 22—23-aprel kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi qo‘mitalari, Xorazm, Buxoro, Navoiy, Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari xalq deputatlari viloyatlar Kengashlari raislari va senatorlar bilan videomuloqot o‘tkazdi. Bu haqda Senat axborot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, muloqotda koronavirus pandemiyasi oqibatlarini bartaraf etish, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash va aholi tomorqalaridan samarali foydalanishni tashkil etish borasida xalq deputatlari mahalliy Kengashlari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar muhokama etildi.

Videomuloqotda bugungi og‘ir kunlarda tuman, shaharlarda ishsiz qolgan va ehtiyojmand aholining ro‘yxatlarini shakllantirish hamda ularni “Saxovat va ko‘mak” umumxalq harakati doirasida bandligini ta’minlash, moddiy qo‘llab-quvvatlash masalasi ham muhokama qilindi. Ushbu jarayonlarda faol ishtirok etgan tadbirkorlarga davlat tomonidan imtiyozlar berilishini tashkil etish borasida mahalliy Kengash deputatlarining vazifalari batafsil tushuntirildi.

Shuningdek, O‘zbekiston Prezidenti raisligida 22-aprel kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida bildirilgan fikrlardan kelib, o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash, ularning qonuniy faoliyat yuritishi uchun qulay va sodda huquqiy tizim yaratish, yoshlar va ayollarga hunar o‘rgatish ishlarini yanada kengaytirishda mahalliy Kengash deputatlari faol bo‘lishi kerakligi qayd etildi.

Bundan tashqari, “namunali kengashlar” faoliyatini tashkil etish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar holati va mahalliy Kengashlar deputatlari hamda hududdagi senatorlar tomonidan aholi murojaatlarini hal etish borasida ko‘rilayotgan choralar tahlil qilinib, mahalliy Kengash deputatlariga tegishli tavsiyalar berildi.

Eslatib o‘tamiz, Tanzila Norboyeva Rossiyadagi o‘zbekistonlik migrantlar masalasida rossiyalik hamkasbi Valentina Matviyenkodan yordam so‘ragandi. Rossiya prezidenti Vladimir Putin 18-aprel kuni mehnat muhojirlarining ish patenti muddatini 15-iyungacha uzaytirish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-04-2020, 19:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 119) ( 0) ( 118) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют