» » Chirchiqda uyidan 2 kun chiqmagan fuqaro hushsiz holda topildi

Chirchiqda uyidan 2 kun chiqmagan fuqaro hushsiz holda topildi


Toshkent viloyati Chirchiq shahrida yashovchi fuqaro ikki kun davomida uyidan chiqmagan. Qo‘shnilarning sa’y-harakati bilan bu fuqaro o‘z uyidan hushsiz holda topilgan. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 2020-yilning 23-aprel kuni taxminan soat 15:30 da Toshkent viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining navbatchilik qismiga Chirchiq shahar, 1-kichik tuman, 33-uyda istiqomat qiluvchi fuqarolar ushbu uyning 29-xonadon egasi M.P. ikki kun davomida ko‘rinmay qolganligidan xavotirlanib, yordam so‘rab murojaat qilgan.

Mazkur chaqiruv yuzasidan boshqarmaning yong‘in-qutqaruv guruhi qisqa vaqt ichida belgilangan manzilga yetib borib, maxsus asbob-anjomlar yordamida xonadonning temir eshigini ochgan. Shundan so‘ng M.P. uyning mehmonxonasida hushsiz holatda ekanligi aniqlangan.

Qutqaruvchilarning tezkorlik bilan ko‘rgan choralari natijasida fuqaroga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilib, shifoxonaga yetkazilgan. Hozirda uning ahvoli yaxshi.

Avvalroq Qashqadaryo viloyati favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Dehqonobod tumanida yashovchi homilador ayol hamda ko‘richak bilan og‘rigan bemorni vertolyotda shifoxonaga olib borgandi, vertolyotda tug‘ruqxonaga olib borilgan homilador ayol o‘g‘il farzandli bo‘lgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-04-2020, 19:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 74) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют