» » Qozog‘istonda koronavirus bilan kasallanganlar soni 2482 kishiga, virus qurbonlari esa 25 kishiga yetdi

Qozog‘istonda koronavirus bilan kasallanganlar soni 2482 kishiga, virus qurbonlari esa 25 kishiga yetdi


Qozog‘istonda 25-aprel holatiga ko‘ra, koronavirus bilan kasallanish bo‘yicha yana 66 ta holat qayd etilib, kasallikka chalinganlarning jami soni 2482 kishiga yetdi, deb xabar beradi Tengrinews.

Mamlakatda COVID-19 koronavirus infeksiyasi tarqalishi boshlanganidan buyon 25 kishi virus qurboniga aylangan, shuningdek, 604 bemor davolanishga muvaffaq bo‘lgan. COVID-19 bilan kasallanish bo‘yicha so‘nggi holatlar mamlakatning quyidagi hududlarida qayd etilgan:

24-aprel holatiga ko‘ra, Qozog‘istonda koronavirus qurbonlari soni 22 kishini tashkil etgani haqida xabar berilgandi. Mamlakatda koronavirus pandemiyasi sabab joriy etilgan karantin choralarini bosqichma-bosqich yengillashtirish boshlangan.

Mavzuga doir: JSST missiyasi COVID-19 rasman tarqalmagan Tojikiston va Turkmanistonda bo‘ladi

O‘zbekistonda 25-aprel soat 10:00 holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasini yuqtirib olganlar soni 1836 nafarni tashkil etmoqda. Mamlakatda 15-martdan buyon koronavirusga chalingan bemorlarning sakkiz nafari vafot etdi, 621 nafari esa sog‘ayib, reabilitatsiyaga olingan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-04-2020, 11:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 106) ( 0) ( 106) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют