» » Zinedin Zidanning o‘g‘li Jazoir terma jamoasida o‘ynaydigan bo‘ldi

Zinedin Zidanning o‘g‘li Jazoir terma jamoasida o‘ynaydigan bo‘ldi


“Rasing” klubida ijara asosida to‘p surayotgan “Real” darvozaboni Lyuka Zidan Jazoir terma jamoasida o‘ynashga qaror qildi.

Sports Finding nashrining xabar qilishicha, Jazoir terma jamoasi bosh murabbiyi Jamel Belmadi koronavirus pandemiyasi boshlanmasidan avval Lyuka bilan uchrashgan va uni terma jamoaga taklif qilgan. Zinedin Zidanning o‘g‘li Jazoir fuqaroligini olish va terma jamoada o‘ynashga rozi bo‘lgan. Kuzdan boshlab 21 yoshli darvozabon JCh—2022 saralash bosqichi o‘yinlarida ishtirok etishi mumkin.

Lyuka Zidan Fransiya yoshlar terma jamoasida harakat qilgan, biroq u asosiy terma jamoada o‘ynamagan. Shu bois Jazoir terma jamoasi futbolchisiga aylanishida muammo bo‘lmaydi.

Zidan 2019-yilning yozida ijara asosida “Rasing”ga yo‘l olgandi. Avvalroq “Real” futbolchi bilan shartnomani uzaytirmasligi xabar qilingandi.

Eslatib o‘tamiz, Zinedin Zidan Fransiyada tug‘ilgan bo‘lsada, asli kelib chiqishi shimoliy Jazoirdan hisoblanadi. Zizu xalqaro maydonda Fransiya terma jamoasini himoya qilgan.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-04-2020, 20:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 41) ( 0) ( 38) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют