» » Afrika Millatlar Kubogi musobaqasining eng yaxshi o‘yinchisi aniqlandi

Afrika Millatlar Kubogi musobaqasining eng yaxshi o‘yinchisi aniqlandi


Jazoir terma jamoasi yarim himoyachisi Ismoil Bennosir Afrika Millatlar Kubogi musobaqasining eng yaxshi o‘yinchisi deb topildi.

Futbolchi final o‘yinida g‘alaba goliga assistentlik qildi. Bundan tashqari u musobaqa davomida yana 2 ta golga hammualliflik qilgandi.

21 yoshli futbolchi 2018/19-yilgi mavsumni “Empoli” safida o‘tkazgandi, biroq u tez orada “Milan” futbolchisiga aylanadi. Musobaqa to‘purari nomi esa musobaqada beshta gol urgan Nigeriya terma jamoasi hujumchisi Odion Igaloga nasib etdi.

Ma’lumot uchun, Afrika Millatlar Kubogi musobaqasi finalida Jazoir terma jamoasi Senegalni 1:0 hisobida mag‘lub etdi. Musobaqaning 3-o‘rni esa Tunisni bir to‘p farqi bilan mag‘lub etgan Nigeriya terma jamoasiga nasib qildi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-07-2019, 16:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 100) ( 0) ( 99) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют