» » Nigeriya Tunisni mag‘lub etib, Afrika Millatlar Kubogining bronza medalini qo‘lga kiritdi

Nigeriya Tunisni mag‘lub etib, Afrika Millatlar Kubogining bronza medalini qo‘lga kiritdi


17-iyul, chorshanba kuni futbol bo‘yicha Afrika Millatlar Kubogining 3-o‘rni uchun kechgan bahsda Nigeriya terma jamoasi Tunis termasiga qarshi maydonga tushdi.

Bellashuvdagi yagona gol 3-daqiqada nigeriyalik hujumchi Odion Igalo tomonidan kiritildi.

Shu tariqa Nigeriya Tunisni 1:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratib, musobaqaning bronza medaliga sazovor bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, final bahsi 19-iyul kuni bo‘lib o‘tadi. Unda Senegal terma jamoasi Jazoir termasi bilan musobaqa g‘olibligi uchun kurashadi.

Afrika Millatlar Kubogi

3-o‘rin uchun bahs

17-iyul, chorshanba

Gol: 0:1 — 3 Igalo

Tunis: Ben-Shrifiya, Merya, Haddodi, Xnid (Bedui, 67), Dreger, Sassi, Skiri, Badri (Sliti, 58), Shalali, Xazri, Xenissi (Shauat, 44)

Nigeriya: Uzoxo, Kollinz, Ayna, Omeruo, Trost-Ekong, Ivobi, Etebo, Ndidi, Chukvueze (Kalu, 90), Musa (Saymon, 75), Igalo (Osimxen, 46)

Ogohlantirishlar: Ndidi (18), Shalali (61), Bedui (90)

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-07-2019, 02:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 54) ( 0) ( 53) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют