» » Tojikistonda barcha futbol uchrashuvlari to‘xtatildi. Mamlakatda koronavirus rasman qayd etilmagan

Tojikistonda barcha futbol uchrashuvlari to‘xtatildi. Mamlakatda koronavirus rasman qayd etilmagan


Tojikistonda futbol bo‘yicha barcha musobaqalar 10-mayga qadar to‘xtatildi. Bu haqda Tojikiston futbol federatsiyasi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Ta’kidlanishicha, Tojikiston chempionatining 4-turidan o‘rin olgan 26-aprel, yakshanba kunidagi bahslardan so‘ng barcha o‘yinlar 10-mayga qadar o‘tkazilmaydi.

“Tojikiston futbol federatsiyasi (TFF) COVID-19 koronavirusi profilaktikasi bo‘yicha Respublika shtabining mamlakatda barcha ommaviy va sport tadbirlarini to‘xtatib turish qarorini to‘liq qo‘llab-quvvatlaydi. Shu sabab TFF tashkilot tasarrufidagi barcha futbol musobaqalarini to‘xtatish qaroriga keldi”, — deyiladi federatsiya bayonotida.

Mavzuga doir: “Siz va butun dunyo uchun duodamiz!” — Tojikiston futbol klublari koronavirus bilan kurashayotgan O‘zbekistonni qo‘llab-quvvatladi

Eslatib o‘tamiz, Tojikistonda koronavirus mavjudligi hali rasman qayd etilmagan. Avvalroq mamlakatda to‘rt nafar odam pnevmoniyadan vafot etgani xabar qilingandi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-04-2020, 21:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 81) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют