» » Toshkentda koronavirusdan davolanayotgan bemorlarning 11 nafari og‘ir, 2 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda deb baholanmoqda

Toshkentda koronavirusdan davolanayotgan bemorlarning 11 nafari og‘ir, 2 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda deb baholanmoqda


O‘zbekistonda 26-aprel soat 10:00 holatiga ko‘ra, koronavirusga chalingan bemorlar soni 1865 nafarga yetgan bo‘lsa, hozirgi vaqtda 1144 nafar bemor yuqumli kasalliklar profilidagi muassasalarda davolanmoqda. Bu haqda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshlig‘i Nurmat Otabekov ma’lum qildi.

Ta’kidlanishicha, Toshkentdagi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida davolanayotgan 117 bemorning 32 nafarida pnevmoniya klinik belgilari kuzatilmoqda, 4 nafarining ahvoli og‘ir, 1 nafarining ahvoli o‘ta og‘ir. Epidemiologiya-mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy tekshirish institutida davolanayotgan 74 bemordan 2 nafarining ahvoli og‘ir. Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasida davolanayotgan 145 bemordan 45 nafarida pnevmoniya klinik belgilari bor, 5 nafarining ahvoli og‘ir, 1 nafarining ahvoli o‘ta og‘ir, deb baholanmoqda.

“Karantin tadbirlari davom etyapti. 92 mingdan ko‘proq fuqaro tibbiy kuzatuv ostiga olingan. Davolash borasida ham ijobiy natijalar kuzatilyapti. Shu paytga qadar shifoxonalarga koronavirus kasalligi bilan yotqizilgan bemorlarning 707 nafari, ya’ni qariyb 38 foizi sog‘ayib, reabilitatsiya markazlariga o‘tkazildi. Hozirgi paytga kelib yana 1144 fuqaro yuqumli kasalliklar profilidagi muassasalarda tegishli davolash diagnostika muolajalarini olyapti”, — deydi Nurmat Otabekov.

Mavzuga doir: Samarqand viloyatida koronavirusga chalingan birinchi bemor sog‘aydi

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda 15-martdan buyon koronavirusga chalingan bemorlarning sakkiz nafari vafot etdi, 707 nafari esa sog‘ayib, reabilitatsiyaga olingan. Xorijda 73 o‘zbekistonlikda koronavirus aniqlangan (eng ko‘pi — 42 nafari Rossiyada), ularning to‘rt nafari vafot etgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-04-2020, 14:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 58) ( 0) ( 57) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют