» » Tramp AQSh sog‘liqni saqlash vazirini virus borasida qo‘ygan xatolari uchun ishdan bo‘shatishi mumkin

Tramp AQSh sog‘liqni saqlash vazirini virus borasida qo‘ygan xatolari uchun ishdan bo‘shatishi mumkin


Oq uy AQSh sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar vaziri Aleks Azarni koronavirusga qarshi kurash masalasida qo‘ygan xatolari uchun lavozimidan ozod etishi mumkin. Bu haqda Amerika prezidenti apparatidagi manbalariga tayanib, The Wall Street Journal xabar berdi.

WSJ’ning olti nafar suhbatdoshiga ko‘ra, so‘nggi haftada Oq uy amaldorlarining Azar faoliyatidan hafsalasi pir bo‘lgan. Shu bilan birga, prezident administratsiyasi xodimlari idora rahbarini pandemiya vaqtida ishdan olib tashlashga botina olmayapti. Biroq mamlakat rahbari Donald Trampning kutilmaganda kardlarni almashtirish yoki lavozimidan ozod etishga moyilligi bor.

Ma’lumotlarga ko‘ra, prezident Azarning xatolaridan norozi, chunki u koronavirus tarqalishining dastlabki bosqichida bu AQShga jiddiy zarar yetkazmasligini ma’lum qilgan.

AQSh prezidenti matbuot kotibining o‘rinbosari Jadd Dirning so‘zlariga ko‘ra, Oq uy ushbu masalani muhokama qilmayapti.

“Vazir Azar rahbarligida Sog‘liqni saqlash vazirligi prezident tomonidan qo‘yilgan bir qator muhim vazifalarni bajarishda davom etmoqda… Xodimlar to‘g‘risidagi har qanday mish-mishlar mas’uliyatsizlik bo‘lib, hukumatni COVID-19’ga qarshi kurashdan chalg‘itadi”, — deydi Dir.

Politico’ning manbalariga ko‘ra, Oq uy Sog‘liqni saqlash vazirligiga rahbar sifatida bir necha nomzodni ko‘rib chiqmoqda. Xususan, Azarning o‘rniga uning o‘rinbosari Erik Xargan kelishi mumkin. Shuningdek, ro‘yxatdan Oq uyning koronavirusga qarshi kurash bo‘yicha koordinatori Debora Birks hamda Medicare tibbiy sug‘urda milliy dasturi rahbari Sima Verma ham o‘rin olgan.

Mavzuga doir: 

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, AQShda koronavirus bilan kasallanganlar soni 933 933 kishiga yetgan, jami 53 449 kishi vafot etgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-04-2020, 17:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 108) ( 0) ( 107) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют