» » WSJ: Donald Tramp Oq uy matbuot kotibi Shon Spayserni vazifasidan ozod qilishi mumkin

WSJ: Donald Tramp Oq uy matbuot kotibi Shon Spayserni vazifasidan ozod qilishi mumkin


AQSh prezidenti Donald Tramp strategiya va aloqalarga javobgar xodimlar jamoasida kadrlarni o‘zgartirishni amalga oshirish haqida o‘ylanib qoldi. Bu haqda The Wall Street Journal’ga tayanib, “Kommersant” xabar berdi.

AQSh prezidenti o‘z xodimlari FQB direktori Jeyms Komining lavozimidan ozod etilishiga bog‘liq vaziyatda “bahsni to‘xtata olmadi”, deya hisoblamoqda.

WSJ bilan suhbatlashgan shaxslarning ta’kidlashicha, Oq uy rasmiy vakili Shon Spayser ham vazifasidan ozod etilishi mumkin. Manbaning so‘zlariga qaraganda, Donald Tramp “o‘z jamoasida katta o‘zgarish”ni amalga oshirishni o‘ylamoqda, biroq hozircha ushbu o‘zgarish kimlarga taalluqli ekani noma’lum. Shon Spayser ushbu ma’lumotga izoh bermadi.

AQSh prezidenti Oq uy vakilining matbuot uchun doimiy brfinglarini bekor qilishni o‘ylayotganini ma’lum qildi. Donald Tramp Fox News’ga bergan intervyusida matbuot anjumanlarini o‘tkazishni to‘xtatishni “yaxshi fikr” deya baholadi. “Yoki har ikki haftada o‘zim ularni tashkillashtirib turaman”, — deya taklif bildirdi AQSh prezidenti.

“Balki matbuot anjumanlarini bekor qilib, aniqlik uchun barcha javoblarni xat ko‘rinishida tarqatarmiz?” — deb yozadi Tramp Twitter’ga.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (13-05-2017, 18:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 71) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют