» » Chiroqchilik dehqonlar 2020-yil 7 ta davlatga 100 ming tonna tarvuz eksport qiladi

Chiroqchilik dehqonlar 2020-yil 7 ta davlatga 100 ming tonna tarvuz eksport qiladi


Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumanida tarvuz yetishtiruvchi dehqonlar 2020-yil 7 ta davlatga 100 ming tonna tarvuz eksport qiladi. Bu haqda “Daryo”ga tuman hokimligi axborot xizmati rahbari Sobit Raimqulov xabar bermoqda.

Ma’lum bo‘lishicha, 2020-yil 385 ta fermer xo‘jaligi va 591 ta tomorqa egalari 14 ming gektar maydonda tarvuz yetishtirmoqda. Shundan 5 ming gektardan ortiq maydonga ekilgan ertapishar tarvuz 10-maydan boshlab sotuvga chiqadi.

“Dehqonlarimiz yetishtirgan tarvuz Rossiya, Afg‘oniston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Ukraina, Belarus kabi 7 ta davlatga eksport qilinadi. Dehqonlarimiz o‘tgan yili 25 ming tonna tarvuz eksport qilgan bo‘lsa, bu yil 100 ming tonna tarvuz sotishni reja qilishgan”, — deydi tuman hokimi o‘rinbosari Ma’ruf Pirnazarov.

Ma’ruf Pirnazarovning qo‘shimcha qilishicha, ertapishar tarvuz yetishtiruvchi dehqonlar bir gektar maydondagi hosildan 50 million so‘mgacha daromad qiladi.

Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyevning 2018-yil dekabr oyida viloyatga tashrifi chog‘ida Chiroqchi tumanidagi lalmi yerlarda ham tarvuz yetishtirishga alohida e’tibor qaratish lozimligi ta’kidlangandi.

Mavzuga doir: Chiroqchilik dehqonlar Qozog‘istonga tarvuz eksport qilishni boshladi (foto)



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-04-2020, 18:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 106) ( 0) ( 105) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют