» » Nukuslik tadbirkor sahroda tarvuz ekishga kirishdi (foto)

Nukuslik tadbirkor sahroda tarvuz ekishga kirishdi (foto)


Noodatiy ixtirolari bilan tanilgan nukuslik tadbirkor Rashid Qartbayev endi sahro qo‘yniga tarvuz eka boshladi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

7 sotix yerda 70 tonna tarvuz yetishtirishni rejalashtirayotgan Rashid Qartbayev endi bepoyon sahro bag‘ridan ham unumli foydalanish mumkinligini isbotlamoqchi. Muhimi shundaki, tajriba sinovlari dastlabki natijalarini bera boshladi.

Bu usul qanday amalga oshirilayotgani bilan qiziqdik.

— Buning yo‘li oddiy: qum va tabiiy o‘g‘it aralashmasi chelakka va xaltaga joylashtirilib, yerga ko‘miladi va ustidan suv quyuladi, — deydi tadbirkor R.Qartbayev. — Qumni uch joydan tanlab oldik. Daryoning ultonidan, sahro qumi va oddiy to‘proq. Eng yaxshi natija berayotgani – daryoning ultonidagi qum bo‘lib chiqdi. U suv va o‘g‘itni kam talab qiladi hamda o‘simlik 3 kun ichida bo‘y ko‘rsatyapti.

Ma’lumot uchun, Rashid Qartbayev Kegeyli tumanining Juzimbog‘ qishlog‘ida 32 gektar maydonda tarvuz ekishning yana bir usulini sinovdan o‘tkazmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-05-2018, 23:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 108) ( 0) ( 107) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют