» » Nukusda daraxt yaproqlaridan 10 ta uy quriladi

Nukusda daraxt yaproqlaridan 10 ta uy quriladi


Nukuslik tadbirkor-ixtirochi Rashid Qartbayev yana bir yangilikka qo‘l urdi: u kuzda to‘kilgan daraxt barglaridan ekologik uy barpo etmoqchi. Bu haqda Yesimqan Qanaatov (O‘zA) ma’lum qildi.

“Atrof-muhitning ekologik holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi omillardan biri kuzda daraxtlardan to‘kilgan barglar hisoblanadi. Ko‘pchilik ularni yoqib yuboradi yoki ular obodonlashtirish xizmati tomonidan shahar tashqarisiga chiqarib tashlanadi. Ikkala holatda ham tabiatga jiddiy zarar yetishi hammaga ma’lum. Men ularni yig‘ib, ba’zi aralashmalarni qo‘shib, uy qurishda foydalaniladigan bloklarni ishlab chiqara boshladim. Bunday uylar somondan ishlanadigan ekologik uylar kabi yozda salqin, qishda esa iliq bo‘ladi”, — deydi Rashid Qartbayev.

Tadbirkor hokimlikdan shunday 10 ta uy qurish uchun yer maydoni so‘radi va bu murojaat qanoatlantiriladigan bo‘ldi. Endilikda u qurilish ishlarini boshlamoqchi. Bu uylar hozirgi uylardan bir necha barobar arzonga tushadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-01-2018, 14:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 62) ( 0) ( 61) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют