» » Nukuslik tadbirkor-ixtirochi chiqindilardan 1,2 milliard so‘m foyda ko‘rdi

Nukuslik tadbirkor-ixtirochi chiqindilardan 1,2 milliard so‘m foyda ko‘rdi


2017-yilda OAV va ijtimoiy tarmoqlarda foydasiz deb chiqindiga tashlab yuborilgan buyumlardan mahsulot ishlab chiqarib, millionlab foyda ko‘rayotgan nukuslik tadbirkor-ixtirochi Rashid Qartbayev haqida shov-shuvli ma’lumotlar tarqalgandi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda. 

Xabarlarda uning Nukus shahridagi ko‘p qavatli uylar yerto‘lasini tozalagani, kasallik tarqatayotgan hasharotlarga qarshi kurashayotgani, tozalikni saqlash borasida amalga oshirgan targ‘ibot-tashviqot tadbirlari, korxonasidan chiqqan chiqindilardan polimer shifer, bruschatka, tashlandiq kiyim va matolardan gulqog‘oz, suyakdan suyak uni ishlab chiqargani, qumlikda joylashgan korxonasi atrofida qovun, paxta, oshqovoq kabi ekinlar, hatto, gujum daraxti ekkani bildirilgandi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, tadbirkor keraksiz deb topilgan chiqindilardan 2017- yili 1,2 milliard so‘m foyda ko‘rdi.

Mutaxassisligi biolog bo‘lgan R.Qartbayev bolaligi o‘tgan “Nazarxan” ovul fuqarolar yig‘ini hududida istiqomat qiluvchi, oilasi bilan xorijda ishlab pul topayotgan kishilarga bo‘sh yotgan yerdan foydalanish, millionlab foyda ko‘rish mumkinligini tushuntirishga harakat qilmoqda.

“Ovul fuqarolar yig‘ini raisidan chetda ishlab yurgan fuqarolardan to‘rttasini topib bering, yerdan unumli foydalansa, yaxshigina daromad olishi mumkinligini isbotlab beraman, dedim. Menga ishonmadi shekilli, topib bermadi. O‘zim 7 sotix yeri bor shunday bir kishini topdim va u bilan shu yerda 70 tonna tarvuz yetishtirishga kelishdik. Hozir yerni tayyorlab qo‘yibman. Bahorda ishga kirishib, va’damning ustidan chiqishga harakat qilaman. 2017-yilda tashlandiq mahsulotlardan unumli foydalandim. Suyakdan un ishlab chiqarib, uni omixta yemga aralashtirdim va shu bilan 300 ta jo‘ja boqdim. Bu ham menga qo‘shimcha daromad keltirdi”, – deydi R.Qartbayev.

Rashid Qartbayev to‘kilgan bargdan ekologik uy qurishni ham ixtiro qildi. Biroq endi bunisi boshqa hikoya. 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-01-2018, 15:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 43) ( 0) ( 43) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют