» » AQShda olimlar smartfonlar uchun o‘zi qayta tiklanadigan oyna yaratdi

AQShda olimlar smartfonlar uchun o‘zi qayta tiklanadigan oyna yaratdi


AQShning Riversayd shahridagi Kaliforniya universiteti olimlari smartfonlar uchun qayta tiklanish imkoniyatiga ega bo‘lgan oyna yaratdi. Ilmiy guruh rahbari Chao Vanning ta‘kidlashicha, yangi oyna turli yoriqlar, chiziqlar paydo bo‘lishiga nisbatan ancha mustahkam. Bu haqda “TASS” xabar berdi.

Biz yaratgan oyna elektr tokini o‘tkazadi, shuning uchun uni smartfon va boshqa mobil qurilmalarning displeyi sifatida ishlatish maqsadga muvofiq.

Chao Van, ilmiy guruh rahbari

Olimning aytishicha, agar yaratilgan material teng ikkiga bo‘linsa, ikkita bo‘lak bir sutkada to‘liq tiklana oladi. Shuningdek, oyna yuqori elastklikka ega bo‘lib, dastlabki o‘lchamidan 50 marta uzunroq o‘lchamgacha cho‘zilishi mumkin.

Chao Van yangi oyna yaqin uch yil ichida sotuvga chiqishi va odamlarning kundalik hayotini o‘zgartirishini ishonch bilan ta‘kidladi.

Material molekulyar aloqaning maxsus turiga asoslanadi. Agar oyna zararlansa, uni tashkil qiluvchi molekulalar bir-biriga tortiladi va oynaning dastlabki holati to‘liq tiklanadi. Mutaxassislar yangi oyna smartfonlardan tashqari robotlar va boshqa texnikalarni yaratishda foydalanilishiga ishonch bildirmoqda.

Olimlarni bunday materialni yaratishga “Iks odamlar” komiksidagi regeneratsiya qobiliyatiga ega bo‘lgan Rosomaxa ismli qahramon ilhomlantirgan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (17-04-2017, 16:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 90) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют