» » Dmitriy Peskov Putinning virusologga aylanib borayotgani haqida hazil qildi

Dmitriy Peskov Putinning virusologga aylanib borayotgani haqida hazil qildi


Rossiyada koronavirus epidemiyasi boshlaganidan beri davlat rahbari Vladimir Putin ushbu mavzuga shu qadar chuqur kirib ketdiki, borgan sari ekspert virusolog bo‘lib shakllanmoqda. Bu haqda prezident matbuot kotibi Dmitriy Peskov “Rossiya 1” telekanali efirida ma’lum qilgan, deb yozmoqda “RBK”.

Peskov Putinning “Rossiyada hamma virusolog” deya hazil qilganini eslatdi. “Shaxsan men Putinning virusologga aylanish yo‘lidan borayotganiga shubha qilmayman”, — degan Peskov.

Federal tibbiy-biologik agentligi bolalar ilmiy-klinik markazi direktori Yuriy Lobzin ham Putin bilan suhbatlashganida uning kasallik haqidagi ma’lumotlarni bilishidan hayratga tushganini ta’kidlagan. Lobzinning aytishicha, har qanday professional shifokor ham bunday axborotga ega emas.

Rossiyada koronavirus bilan bog‘liq vaziyat muhokamasiga bag‘ishlangan 7-aprelda o‘tkazilgan yig‘ilishda Putin mamlakatdagi hammani virusologlar deb hisoblashini qayd etgan. Biroq koronavirus bilan bog‘liq vaziyat jiddiyligini inobatga olib birinchi navbatda haqiqiy mutaxassislarning tavsiyalariga quloq solish kerakligiga urg‘u bergandi.

Mavzuga doir: Putin koronavirusga qarshi vaksinaning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishini tezlashtirishga buyruq berdi

Peskov ham Putinning kelasi haftada COVID-19 epidemiyasi borasida Rossiya fuqarolariga murojaat yo‘llashi mumkinligini inkor etmagan. U prezident mamlakatni bosqichma-bosqich karantin tartibidan chiqarish haqida gapirishi mumkinligini qayd etgan. Matbuot kotibi nima bo‘lgan taqdirda ham cheklovlar bosqichma-bosqich olib tashlanishini ta’kidlagan.

Mavzuga doir: Putinning sariq rangli himoya kostyumi tarmoqlarda turli memlarga sabab bo‘ldi (foto)



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-04-2020, 11:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 96) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют